O'zbekiston

Talabalar endi yotoqxonaga joylashish uchun alohida idoralarga murojaat qilmaydi

Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish endi ortiqcha hujjatlarsiz yagona tizim orqali bajariladi.

Talabalar endi yotoqxonaga joylashish uchun alohida idoralarga murojaat qilmaydi

 

1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni soddalashtiriladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali endilikda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish hamda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish yagona kompozit xizmat orqali amalga oshiriladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, talabalar alohida hujjatlar to‘plashi yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Talabalar my.gov.uz portalidagi "Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish" xizmati orqali murojaat qiladi.

 

Ariza ma’qullangach, talabaga elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgach, tizim avtomatik ravishda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish jarayonini ishga tushiradi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi to‘langanidan so‘ng talabaga turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingani haqidagi qayd varag‘i elektron shaklda taqdim etiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar talabalar turar joylariga joylashtiriladi. Shundan so‘ng qolgan o‘rinlar umumiy navbat asosida taqsimlanadi. Bunda 1-bosqich talabalari uchun 55–65 foiz, 2-bosqich talabalari uchun 15–20 foiz, 3-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun esa 20–25 foizgacha kvota ajratiladi.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun arizalar 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar esa yakuniy natijalar e’lon qilingach murojaat yuborishlari mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.