O'zbekiston

Toshkentda bolalar maydonchasi o‘rnidagi qurilish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergov davomida bir gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Toshkentda bolalar maydonchasi o‘rnidagi qurilish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Toshkent shahrining Mirobod tumanida bolalar maydonchasi va sport o‘yingohi o‘rnida amalga oshirilgan noqonuniy qurilish ishlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30-iyul kuni Mirobod tumanidagi holat o‘rganilgan. Tekshiruv davomida "Mahalla" xayriya jamoat fondi balansida bo‘lgan hudud keyinchalik "Al-Latif Hearts Tower" MCHJ tasarrufiga o‘tkazilgani hamda rekonstruksiya va qo‘shimcha bino-inshootlar qurish uchun tegishli ruxsat hujjatlari rasmiylashtirilgani aniqlangan.

 

Biroq, "Lolazor" MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar aholisi mazkur hududda yangi bino qurilishiga qarshilik bildirgan. Shuningdek, "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan investor o‘rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasi bekor qilingan.

 

Shunga qaramay, 2026-yil iyun oyida fond balansidagi 172 kvadrat metr maydondagi bino buzib tashlangani, buning oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 27-iyul kuni Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan "Al-Latif Hearts Tower" MCHJ mansabdor shaxslari hamda boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, jamiyatning norasmiy rahbari sifatida ko‘rsatilayotgan Asliddin Ikromov gumon qilinuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Mas’ullarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda bolalar maydonchasini avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani bildirildi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"