Jahon

Tramp Eronga yangi zarbalar berishni buyurdi — WSJ

Hujum shu hafta oxiri boshlanishi va bir necha kun davom etishi mumkin.

Tramp Eronga yangi zarbalar berishni buyurdi — WSJ

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga yangi harbiy zarbalar berish bo‘yicha buyruq bergani aytilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh harbiylari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hujum shu hafta oxiri boshlanishi va bir necha kun davom etishi mumkin.

 

WSJ manbalarining ta’kidlashicha, zarbalar bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, yakuniy qaror hali o‘zgarishi ehtimoldan xoli emas. Agar diplomatik muzokaralarda sezilarli siljish kuzatilsa yoki Tehron muloqotga tayyorligini amalda namoyish etsa, Donald Tramp rejalashtirilgan hujumni bekor qilishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, prezident istalgan vaqtda o‘z qarorini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

 

Xabarda qayd etilishicha, hujum rejasi AQSh prezidentining Kemp-Deviddagi uchrashuvlari davomida ma’qullangan. Tramp avvalroq Eron rahbariyatini muzokaralarga majbur qilish uchun kuchli harbiy bosim zarurligini ta’kidlagan edi.

 

Bundan oldin CBS News ham o‘z manbalariga tayanib, AQSh va Isroil shu hafta oxiri Eronning energetika infratuzilmasiga zarbalar berishni rejalashtirayotgani, ushbu hujumlar hozirgacha kuzatilgan eng yirik harbiy amaliyotlardan biri bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

 

Shuningdek, CNN manbalari ham AQSh Eronning yadroviy obyektlariga yana zarba berish ehtimoli mavjudligini bildirgan.

 

Eron rasmiylari esa bunday hujum amalga oshirilgan taqdirda, Tehron Yaqin Sharqdagi AQSh va Isroilning energetika infratuzilmasiga javob zarbalari berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"