O'zbekiston

Toshkentdagi qurilish maydonida yer o‘pirilib tushdi

Toshkent shahar hokimligi hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, maxsus komissiya tuzilganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi qurilish maydonida yer o‘pirilib tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumani, Orzu massivi 3-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti kotlovanining bir qismi o‘pirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda ko‘p yillik daraxt qulab elektr simlarini uzib yuborgani, buning oqibatida “Orzu” mahallasi va unga tutash hududlarda elektr ta’minoti uzilgani hamda bir kishi jarohatlangani aytilmoqda.Toshkent shahar hokimligi hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolar qayd etilmagan.

 

Qayd etilishicha, vaziyat Toshkent shahar hokimining shaxsiy nazoratiga olingan. Uning topshirig‘i bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, prokuratura organlari, Olmazor tumani hokimligi hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat tezkor maxsus komissiya tuzilgan.

 

Hozirda hodisa joyida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, xavfli hududni o‘rab olish va unga kirishni cheklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Mutaxassislar yer o‘pirilishining sabablari, shuningdek, yondosh hudud, yo‘l qoplamasi va muhandislik kommunikatsiyalarining holatini o‘rganmoqda.

 

Hokimlik tekshiruv yakunlariga ko‘ra, mas’ul shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi, shaharsozlik qonunchiligi va qurilish me’yorlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"