O'zbekiston

Andijonda ommaviy mushtlashuv qilgan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamaldi

Mojaro Instagram ijtimoiy tarmog‘ida boshlangan o‘zaro haqoratlar oqibatida yuzaga kelgan.

Andijonda ommaviy mushtlashuv qilgan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamaldi

 

Andijon shahrida bir guruh ayollar o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy janjal yuzasidan sud qarori chiqarildi. Hodisada ishtirok etgan 7 nafar ayolga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 30-iyul kuni soat 12:30 atrofida Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylar hududida sodir bo‘lgan. 102 qisqa raqamiga kelib tushgan murojaat asosida voqea joyiga yetib borgan ichki ishlar xodimlari fuqarolar jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, o‘zaro janjallashayotganini aniqlagan.

 

Huquqiy baho berish maqsadida ular ichki ishlar organiga olib borilgan. Biroq ayrim ayollar bu yerda ham xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, o‘zaro haqorat va janjalni davom ettirgan.

 

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida mojaro Instagram ijtimoiy tarmog‘ida boshlangan o‘zaro haqoratlar oqibatida yuzaga kelgani aniqlangan.

 

To‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan 7 nafar ayol Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilib, ularning har biriga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"