Jahon

AQSH 50 ta davlatlar fuqarolari uchun vizaga 20 ming dollargacha depozit joriy qiladi

Oʻzbekiston ushbu roʻyxatga kiritilmagan.

AQSH 50 ta davlatlar fuqarolari uchun vizaga 20 ming dollargacha depozit joriy qiladi

AQSH Davlat departamenti 2026-yil 3-avgustdan boshlab ayrim davlatlar fuqarolari uchun sayyohlik (B-2) va biznes (B-1) vizalarini rasmiylashtirishda depozit (garov puli) tizimini doimiy asosda joriy etishini ma’lum qildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, konsullik xodimlari viza berish sharti sifatida murojaatchidan 20 ming AQSH dollarigacha depozit talab qilishi mumkin. Garov puli AQSH hududini belgilangan muddatda tark etish majburiyatini ta’minlash maqsadida olinadi.

 

Mazkur tizim ilk bor 2025-yil avgust oyida sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, o‘shanda 5 ming, 10 ming va 15 ming dollargacha depozit undirish amaliyoti qo‘llangan edi. Endilikda ushbu mexanizm doimiy tartibda amal qiladi.

 

Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib 50 ta davlat fuqarolariga tatbiq etiladi. Ro‘yxatdan asosan Afrika mamlakatlari, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rin olgan. O‘zbekiston va Rossiya ushbu ro‘yxatga kiritilmagan.

 

Shuningdek, AQSH hukumati immigratsiya nazoratini kuchaytirishda davom etmoqda. Avvalroq Amerika OAVlari mamlakat aeroportlarida vizasi muddati o‘tgan xorijiy fuqarolarni aniqlash va ushlash bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi. Ichki xavfsizlik departamenti bunday choralar noqonuniy migratsiyaning oldini olishga qaratilganini bildirgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH 50 ta davlatlar fuqarolari uchun vizaga 20 ming dollargacha depozit joriy qiladi | Zamon.uz