O'zbekiston

Buxoroda “hujra” tashkil qilib, noqonuniy diniy ta'lim berib kelgan shaxs ushlandi

Shuningdek, farzandlarini maktabga yubormay, hujraga bergan ota-onalar ham jazolandi.

Buxoroda “hujra” tashkil qilib, noqonuniy diniy ta'lim berib kelgan shaxs ushlandi

 

Buxoro viloyatining Romitan tumanida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs hamda bunga sharoit yaratgan ota-onalar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 24-iyul kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Romitan tumani “Qal’ayichorbog‘” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroning o‘z uyida yashirin diniy hujra tashkil etgani fosh etilgan.

 

Aniqlanishicha, mazkur shaxs maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib, ularga turli topshiriq va vazifalar yuklab kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-2-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, farzandlarini umumta’lim muassasalariga yubormasdan, ularning norasmiy diniy ta’lim olishi uchun sharoit yaratgan ota-onalarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaslik) asosida qonuniy choralar qo‘llanilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.