O'zbekiston

Farg‘onada sobiq xotiniga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Jabrlanuvchini haqorat qilgan kundoshi uchun 2 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi.

Farg‘onada sobiq xotiniga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

 

Farg‘ona viloyatida sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan erkak ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, jabrlanuvchini haqorat qilgan uning ikkinchi xotini ham sud qarori bilan jarimaga tortildi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, hodisa 2026-yil 18-aprel kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani, Yaypan shahridagi avtobus bekatida yuz bergan.

 

1991-yilda tug‘ilgan erkak sobiq turmush o‘rtog‘ini bekatda uchratib qolib, uni chetga tortgan, majburan quchoqlab, o‘pishga uringan. Jabrlanuvchining suddagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, u erkakni itarib yuborgan.

 

Shu kuni kechqurun erkakning ikkinchi xotini jabrlanuvchiga telefon qilib, uni haqorat qilgan hamda sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar ishlatgan.

 

Sud majlisida har ikki shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan va yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (jinsiy zo‘ravonlik) bilan aybdor deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

 

Uning ikkinchi xotini esa 41-moddasi (haqorat qilish) bilan aybdor deb topilib, 5 BHM, ya’ni 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"