Jahon

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha 375 kishi qo‘lga olindi

Ularning 142 nafari voyaga yetmaganlar ekanligi ma'lum qilindi.

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha 375 kishi qo‘lga olindi

Fransiyada o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilinib, 375 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib mahalliy OAV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yoz mavsumi boshidan buyon o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda jami 375 nafar gumondor qo‘lga olingan. Ularning 142 nafari voyaga yetmaganlar ekani qayd etilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan 36 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan yoki sud qarorigacha hibsda saqlanmoqda.

 

So‘nggi haftalarda Fransiyaning Jironda, Od va Sena-et-Marn hududlarida bir nechta yirik o‘rmon yong‘inlari kuzatilgan. Mutasaddilar ayrim yong‘inlar yuqori harorat va qurg‘oqchilik oqibatida yuzaga kelganini, boshqalari esa inson omili bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

 

Fransiya Ichki ishlar vaziri Loran Nunez iyul oyida qayd etilgan yong‘inlarning uchdan ikki qismi qasddan sodir etilganini, qolganlari esa ehtiyotsizlik oqibatida yuz berganini ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, hukumat mamlakatdagi yong‘inlar ustidan nazorat kuchaytirilganini bildirgan. Ayni paytda ayrim hududlarda yong‘inlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi ham o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish uchun maxsus aviatsiya va yuzlab o‘t o‘chiruvchilarni safarbar qilgan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"