O'zbekiston

O‘zbekiston maktab va OTMlarida xavfsizlikning yangi tartibi joriy etiladi

Ta’lim muassasalari hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishi taqiqlanadi, tashrif buyuruvchilar esa maxsus tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston maktab va OTMlarida xavfsizlikning yangi tartibi joriy etiladi



Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-iyuldagi 425-son qarori bilan davlat ta'lim muassasalari, nodavlat ta'lim tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar ta'lim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini ta'minlashning yangi tartibi tasdiqlandi. Hujjat ta'lim muassasalarida xavfsizlik tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o‘quvchilar, talabalar hamda pedagoglar xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan.



Qarorga muvofiq, ta'lim muassasalarining asosiy kirish joylarida nazorat-o‘tkazish punktlari hamda zamonaviy kirish-chiqishni nazorat qilish tizimlari tashkil etiladi. Kirish va chiqish haqidagi ma'lumotlar elektron tarzda qayd etilib, kamida uch oy davomida saqlanadi. Shuningdek, hududga kirish biometrik identifikatsiya, barmoq izi, ko‘z gavhari yoki qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa identifikatorlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Barcha kirish-chiqishlar elektron jurnalga kiritiladi.



Yangi nizomga ko‘ra, ta'lim muassasalari hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashrif buyuruvchilar belgilangan tartib asosida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning kirib-chiqishi nazorat qilinadi. Shu bilan birga, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, texnikumlar va oliy ta'lim muassasalarining asosiy kirish joylari, nazorat-o‘tkazish punktlari, yo‘laklar, oshxonalar, sport maydonlari hamda boshqa muhim hududlari zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Videoyozuvlar kamida bir oy davomida saqlanishi belgilangan.



Hujjatda favqulodda vaziyatlarda tezkor xabar berish, qo‘riqlash signalizatsiyasi va boshqa xavfsizlik tizimlarini joriy etish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, ta'lim muassasalari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha mas'ul xodimlarning vazifalari, texnik vositalarga qo‘yiladigan talablar hamda ichki xavfsizlik tartiblari aniq belgilab berilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.