O'zbekiston

Oʻzbekistonda bolalar savdosi uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlarning mehnat va tashqi migratsiya sohasida faoliyat yuritish huquqi cheklanadi.

Oʻzbekistonda bolalar savdosi uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Oʻzbekistonda bolalar savdosi uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning mehnat va tashqi migratsiya sohasida faoliyat yuritish huquqini cheklash rejalashtirilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus taʼlim ehtiyojlariga ega bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olishni kengaytirish, uysizlar hamda odam savdosi qurbonlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek subsidiyalangan transport xizmatlarini raqamlashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Unga koʻra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab mahalla va tuman darajasidagi “Inson” markazlari orqali odam savdosi qurbonlarining ehtiyojlarini baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi hamda ular zarur ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltiriladi.

 

Shuningdek, Respublika Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamda uning hududiy boʻlinmalari Respublika Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish markazi sifatida qayta tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi markazlarda odam savdosi qurboni boʻlgan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun qoʻshimcha 40 ta oʻrin tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, bolalar savdosi uchun alohida jinoiy javobgarlikni belgilash, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyat sodir etgan shaxslarning mehnat va tashqi migratsiya sohasidagi faoliyatini cheklash hamda mazkur yoʻnalishdagi xizmatlar ustidan muntazam monitoring oʻrnatish taklif etildi.

 

custom img

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Dubaydan mamlakatga qaytarildi

Firibgarlikda ayblangan gumonlanuvchi tergovdan qochib, uzoq vaqt xorijda yashirinib yurgan.

custom img

O‘zbekistondagi reabilitatsiya markazlari yashash joyi bo‘lmaganlarga vaqtinchalik boshpanaga aylantiriladi

Boshpanasiz shaxslar vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirilib, ular uchun hujjatlarni tiklash, kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha individual reja ishlab chiqiladi.

custom img

2027-yildan nogironligi bo‘lgan bolalar vaucher asosida assistiv jihozlar bilan ta’minlanadi

Nogironligi bo‘lgan bolalarning uyiga yaqin joyda maxsus sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda belgilangan tezlikni 80 km/soatdan oshirganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etildi

Ayrim qoidabuzarliklar uchun avtomototransport vositasini 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish nazarda tutilmoqda.

custom img

Mustaqillik bayrami oldidan O‘zbekistonda "Dolzarb 40 kun" tozalik tadbirlari boshlandi

Tadbir doirasida hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining yana bir global tashabbusi BMTda keng e’tirof etildi va qabul qilindi

Tashabbusda parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, ayollar va yoshlarning parlamentdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari o‘z aksini topgan.

custom img

Toshkentdagi 9 qavatli uy yonidagi kotlovan o‘pirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

O‘zbekiston maktab va OTMlarida xavfsizlikning yangi tartibi joriy etiladi

Ta’lim muassasalari hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishi taqiqlanadi, tashrif buyuruvchilar esa maxsus tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"