Jahon

Seutaga noqonuniy o‘tishga uringan migrantlar orasida halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetdi

Qurbonlar orasida 20 yoshli futbolchi ham bor.

Seutaga noqonuniy o‘tishga uringan migrantlar orasida halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetdi

 

Marokashdan Ispaniyaning Seuta anklaviga noqonuniy ravishda o‘tishga uringan minglab migrantlar bilan bog‘liq fojiada halok bo‘lganlar soni kamida 72 nafarga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida Marokashning “Mag‘rib Atletiko” futbol klubida to‘p surgan 20 yoshli futbolchi Faten Ben Omar el-Aziz ham bor.

 

30-iyul kuni boshlangan ommaviy migratsiya oqimi davomida 50 mingdan ortiq kishi quruqlik va dengiz orqali Seuta hududiga kirishga uringan. Ayrim migrantlar dengizda cho‘kib ketgan, boshqalari esa chegara to‘siqlaridan oshishga urinish chog‘idagi tiqilinch oqibatida halok bo‘lgan.

 

Ispaniya rasmiylari so‘nggi 48 soat ichida 48 mingga yaqin migrant Marokashga qaytarilganini ma’lum qildi. Seuta ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, hodisalar davomida 1 mingdan ortiq kishi tibbiy yordam olgan.

 

Marokash Ichki ishlar vazirligi avvalroq 11 nafar qurbon haqida ma’lum qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik xalqaro OAVlar halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetganini xabar qildi. Rasmiylar qurbonlar soni va hodisa tafsilotlari yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"