O'zbekiston

Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisini kaltakladi

U avtobus oynasini sindirib, transportga ham zarar yetkazgan.

Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisini kaltakladi

Toshkent shahrida mast holatdagi yo‘lovchi avtobus salonida janjal ko‘tarib, transport vositasining old oynasini sindirdi hamda haydovchiga hujum qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yil 1-avgust kuni soat 14:30 atrofida 98-yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobusda sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam sudlangan, 1982-yilda tug‘ilgan D.P. mast holatda avtobus salonida jamoat tartibini buzib, haydovchining faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va janjal chiqargan.

 

Haydovchi — 1988-yilda tug‘ilgan R.Ya. huquqbuzarni avtobusdan tushirayotgan vaqtda, yo‘lovchi avtobusning old oynasiga musht bilan zarba berib, uni sindirgan.

 

Shundan so‘ng, D.P. haydovchining bo‘yin va yuz qismiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.