O'zbekiston

Toshkentda yana bir yo‘nalishda “Yashil to‘lqin” svetofor tizimi ishga tushirildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lining 1,7 kilometrlik qismida beshta svetofor sinxronlashtirilib, harakatlanish vaqti 45 foizga qisqardi.

Toshkentda yana bir yo‘nalishda “Yashil to‘lqin” svetofor tizimi ishga tushirildi

 

Toshkent shahrida transport harakatini samarali tashkil etish maqsadida “Yashil to‘lqin” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etmoqda. Markaziy yo'l harakatini boshqarish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasi bilan kesishmasidan “Chilonzor” metro bekatigacha bo‘lgan 1,7 kilometrlik yo‘nalishdagi 5 ta svetoforning ish rejimini hisoblab chiqib, ularni o‘zaro sinxronlashtirdi.

 

Mazkur yo‘nalishda ilk bor “Yashil to‘lqin” tizimi sutka davomida har ikki yo‘nalishda bir vaqtning o‘zida ishlaydigan tartibda yo‘lga qo‘yildi. Bunga ushbu yo‘lda transport oqimining ikki tomonda ham deyarli teng bo‘lishi imkon yaratdi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tizim joriy etilishidan avval ushbu yo‘l qismini bosib o‘tish uchun o‘rtacha 5 daqiqa vaqt talab etilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 2 daqiqa 45 soniyagacha qisqardi. Natijada harakatlanish vaqti qariyb 45 foizga kamaygan.

 

Qayd etilishicha, haydovchilar belgilangan 40–60 km/soat tezlikka amal qilgan holda harakatlansa, chorrahalarda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan yo‘lni uzluksiz bosib o‘tishi mumkin.

 

Hozirgi kunga qadar “Yashil to‘lqin” tizimi poytaxtning umumiy uzunligi 5,7 kilometr bo‘lgan ikki yo‘l qismidagi 18 ta tartibga solinadigan chorrahani qamrab olgan. Ushbu yo‘nalishlarda transport vositalarining harakatlanish vaqti o‘rtacha 30 foizga qisqargan.

 

Avvalroq Markaz «Yashil to‘lqin» tizimining dastlabki bosqichini Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining «To‘ra Buva» masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ishga tushirgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi 13 ta chorrahada svetoforlar faoliyati o‘zaro sinxronlashtirilgan.

 

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan Toshkentning boshqa ko‘chalarida ham “Yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va sozlash ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"