O'zbekiston

Toshkentdagi 9 qavatli uy yonidagi kotlovan o‘pirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentdagi 9 qavatli uy yonidagi kotlovan o‘pirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Toshkent shahrining Olmazor tumanida ko‘p qavatli uy yaqinida qurilish ishlari davomida kotlovan o‘pirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2-avgust kuni Orzu massivi, 3-uy manzilida joylashgan qurilish obyektida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxona qurilishi uchun kotlovan qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda pudrat tashkiloti ehtiyotsizligi oqibatida kotlovan cheti o‘pirilgan.

 

Hodisa oqibatida elektr kabeliga shikast yetgan va yong‘in yuzaga kelgan. Shuningdek, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning davolanishi davom etmoqda.

 

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan mas’ul MCHJ mansabdor shaxslarining harakatlarida Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) hamda 192-11-moddasi (nodavlat tashkilot mansabdor shaxslari tomonidan vakolatlarni suiiste’mol qilish) alomatlari mavjudligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qurilish me’yorlari va shaharsozlik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"