O'zbekiston

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Dubaydan mamlakatga qaytarildi

Firibgarlikda ayblangan gumonlanuvchi tergovdan qochib, uzoq vaqt xorijda yashirinib yurgan.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Dubaydan mamlakatga qaytarildi

Interpol va xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Dubaydan mamlakatga qaytarildi.

 

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Interpol Milliy markaziy byurosi hamda xalqaro hamkorlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro N.U. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

 

Qayd etilishicha, mazkur shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, tergovdan yashirinish maqsadida O‘zbekistonni tark etgan va uzoq vaqt davomida xorijda bo‘lib kelgan.

 

Tezkor axborot almashinuvi, xalqaro hamkorlar bilan olib borilgan qo‘shma tadbirlar hamda Interpol kanallari orqali amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida uning yashash joyi aniqlanib, zarur protsessual choralar ko‘rilgan. Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili ishtirokida Dubaydagi Bosh konsulxonada belgilangan tartibda qabul qilinib, mamlakatga qaytarilgan.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"