O'zbekiston

Chilonzorda noqonuniy qurilmalar demontaj qilinib, piyodalar yo‘laklari bo‘shatilmoqda

Toshkent hokimi tumandagi obodonlashtirish, elektr ta’minoti va infratuzilma obyektlaridagi ishlar bilan tanishdi.

Chilonzorda noqonuniy qurilmalar demontaj qilinib, piyodalar yo‘laklari bo‘shatilmoqda

 

Toshkent shahrida jamoat joylarini tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda qulay va xavfsiz shahar muhitini yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Prezident Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shuningdek, tegishli idoralar va Chilonzor tumani mas’ullari hamrohligida tumandagi bir qator obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor jamoat joylarini noqonuniy qurilmalardan tozalash, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda xavfsiz shahar muhitini yaratishga qaratildi.

 

Xususan, “Qatortol” ko‘chasi va bozori hududida piyodalar yo‘laklarini egallab turgan noqonuniy obyektlarni demontaj qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlanishicha, ushbu qurilmalar sabab piyodalar qatnov qismidan harakatlanishga majbur bo‘lib kelgan.

 

Bugun shahar piyodalarga o‘zlarining qonuniy hududini qaytarmoqda. Trotuarlar, avvalo, insonlar — bolalar, keksalar, aravachali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va shahar bo‘ylab har kuni piyoda harakatlanadigan barcha aholi uchun mo‘ljallangan.

 

Shuningdek, “Zarqo‘rg‘on” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari, “Navbahor” mahallasida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish masalalari hamda “Lutfiy” mahallasidagi GES-9 podstansiyasi faoliyatidagi mavjud muammolar ham o‘rganildi.

 

Mas’ullar qayd etishicha, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning bosh maqsadi shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish, jamoat joylarida tartibni ta’minlash hamda poytaxtni barcha aholi uchun qulay, xavfsiz va shinam maskanga aylantirishdan iborat.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"