O'zbekiston

Davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtiriladi

Yangi tizim 54 ming nafar davlat fuqarolik xizmatchisini qamrab olishi, bonus va ustamalar esa xodimning natijadorligi hamda tashabbuskorligiga bog‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

Davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va oylik ish haqi shartlarini yagona tartib asosida shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda davlat fuqarolik xizmatini isloh qilish doirasida kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi alohida qonun qabul qilinib, davlat organlaridagi boshqaruv xodimlari shtat birliklari 73 mingdan 54 mingtagacha optimallashtirildi.

 

Taqdimot davomida amaldagi ish haqi tizimidagi mavjud nomutanosibliklar tahlil qilindi. Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat xizmatchilari ish haqi tarkibida lavozim maoshining ulushi 15 foizdan oshmaydi, ish haqi fondining asosiy qismini esa xodim faoliyati natijalariga bog‘lanmagan ustama va rag‘batlantirish to‘lovlari tashkil etmoqda. Bu esa bir xil lavozimdagi xodimlar o‘rtasida maosh tafovutlarini yuzaga keltirmoqda.

 

Shu munosabat bilan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun yagona, shaffof va natijaga asoslangan mehnatga haq to‘lash tizimini joriy etish taklif qilindi.

 

Yangi tizim 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olishi rejalashtirilgan. Unda davlat organlari boshqaruv darajalariga, xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab guruhlarga ajratiladi. Xalqaro tajriba asosida 11 razryad va 6 pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish, ko‘plab ustama va mukofotlar o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovini qo‘llash nazarda tutilmoqda.

 

Xususan, xodimlarning malakasi, funksional vazifalarni bajarish sifati, mehnat va ijro intizomi hamda KPI ko‘rsatkichlari asosida ustamalar belgilanadi. Bundan tashqari, murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan va yuqori natijalarga erishgan xodimlarga hisobot davri yakunlariga ko‘ra bonus to‘lovlari berilishi rejalashtirilmoqda.

 

Takliflarga ko‘ra, hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi o‘xshash lavozimlar maoshidan yuqori bo‘lmaydi. Tuman va shaharlarda esa ish haqi hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.

 

Prezident mehnatga haq to‘lash tizimida adolat va shaffoflikni ta’minlash, ish haqini xodimning malakasi, mas’uliyati hamda erishgan natijalari bilan bevosita bog‘lash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, bonus to‘lovlari sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, kasbiy malakani oshirish kabi aniq mezonlar asosida belgilanishi lozimligi qayd etildi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"