Jahon

“Isroil bilan muzokaralar faqat xo‘rlikka olib keladi” – Hizbulloh

Isroil qo‘shinlari Livan hududini tark etmaguncha va hujumlar to‘xtamaguncha muzokaralar bo‘lmasligi bildirildi.

“Isroil bilan muzokaralar faqat xo‘rlikka olib keladi” – Hizbulloh


 
“Hizbulloh” bosh kotibi Shayx Naim Qosim Isroil bilan muzokaralar Livanga hech qanday foyda keltirmasligini bildirib, bunday muloqot faqat bosim va xo‘rlikka olib kelishini ma'lum qildi. Uning aytishicha, Isroil Livan hududidagi harbiy amaliyotlarini davom ettirar ekan, muzokaralar uchun zarur shart-sharoit mavjud emas. Bu haqda Tasnim xabar berdi.


 "Sionistik rejim bilan muzokaralar xo‘rlikdan boshqa narsa keltirmaydi", degan Shayx Naim Qosim.


 
Uning ta'kidlashicha, avvalo Isroil Livan hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, hujumlarni to‘xtatishi hamda mamlakat suverenitetini hurmat qilishi lozim. Shundan keyingina mavjud muammolarni hal etishning boshqa yo‘llari muhokama qilinishi mumkin.


 
Naim Qosim Livan hukumati va xalqini tashqi bosimlarga yon bermaslikka chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning harbiy bosimi ostida qabul qilinadigan har qanday qaror Livan manfaatlariga zid bo‘ladi va mamlakatning mustaqilligiga putur yetkazadi.


 
“Hizbulloh” yetakchisi qarshilik harakati Livan xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o‘ynayotganini ta'kidlab, tashkilot mamlakat hududi va xalqini himoya qilishni davom ettirishini bildirgan. U Livan ichidagi birlikni saqlash va tashqi tahdidlarga qarshi umumiy pozitsiyani mustahkamlash zarurligini ham qayd etgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.