Jahon

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 16 kishi halok boʻldi

Mamlakat janubi-sharqida havo harorati 42,5 darajani tashkil etib, 122 yillik meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 16 kishi halok boʻldi


 
Janubiy Koreyada davom etayotgan rekord darajadagi jazirama oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi. Mamlakat prezidenti Li Je Myon hukumat va mahalliy hokimiyat organlariga ekstremal issiqdan zarar ko‘rayotgan aholini qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Prezidentning ta'kidlashicha, ekstremal ob-havo hodisalari tobora tez-tez kuzatilmoqda va mavjud inqirozga qarshi kurash tizimi yangi iqlim sharoitlariga moslashtirilishi zarur. U, ayniqsa, keksalar, ochiq havoda ishlovchilar va boshqa xavf guruhlariga mansub fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilgan.


 
Janubiy Koreya Meteorologiya boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubi-sharqidagi Yansan shahrida havo harorati 42,5 darajani tashkil etib, 122 yillik meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan. Shuningdek, tarixda ilk bor Seul va Kyonggi provinsiyasining ayrim hududlarida eng yuqori darajadagi jazirama ogohlantiruvi e'lon qilinib, keyinchalik u butun poytaxt hududiga kengaytirilgan.


 
Kuchli issiq elektr energiyasi iste'molining keskin oshishiga ham sabab bo‘lgan. Hukumat elektr tarmoqlari uzluksiz ishlashini ta'minlash, sovutish markazlari faoliyatini kengaytirish va aholiga ichimlik suvi hamda boshqa zarur vositalarni yetkazib berish bo‘yicha favqulodda choralarni ishga tushirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.