O'zbekiston

O‘zbekistonda ayrim qoidabuzarliklar uchun avtomobil 1 yilgacha olib qo‘yilishi mumkin

Deputatlar avtomobilni vaqtincha olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

O‘zbekistonda ayrim qoidabuzarliklar uchun avtomobil 1 yilgacha olib qo‘yilishi mumkin

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ma’muriy jazoning yangi turi — avtomototransport vositasini 6 oydan 1 yilgacha muddatga vaqtincha olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

 

Qonun loyihasi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda qo‘pol qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Hujjat bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

 

Loyihaga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish oqibatida og‘ir tan jarohati yoki o‘lim yuz bersa, transport vositasini topshirgan shaxs uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga transport boshqaruvini topshirish, noqonuniy poygalar tashkil etish va ularda ishtirok etish, tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirish, yuk transportini tungi vaqtda xavfli holatda qoldirish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda.

 

Bundan tashqari, yo‘l bezoriligi, noqonuniy poyga tashkil etish, transport vositasini mast holda boshqarish yoki tibbiy tekshiruvdan bosh tortish holatlari transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ushbu huquqdan mahrum etilgan shaxslar tomonidan sodir etilganda, avtomobilni 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Mazkur jazo chorasi qonunda belgilangan hollarda tuman yoki shahar sudlari tomonidan tayinlanadi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"