O'zbekiston

O‘zbekistonda imtiyozli transport chiptasi uchun qog‘oz talonlar bekor qilinadi

O'n bir toifadagi fuqarolarga chipta xarid qilish uchun ID-karta yoki biometrik pasportni taqdim etish kifoya qiladi.

O‘zbekistonda imtiyozli transport chiptasi uchun qog‘oz talonlar bekor qilinadi


Prezident Shavkat Mirziyoyevga imtiyozli transport xizmatlaridan foydalanish tartibini soddalashtirish va ularni raqamlashtirishga qaratilgan takliflar taqdim etildi.



Takliflarga ko‘ra, 11 toifadagi fuqarolar havo, temir yo‘l va shaharlararo transportda bepul yoki 50 foizlik chegirma asosida qatnaydi. Bunda qog‘oz talonlar bekor qilinib, chipta xarid qilish uchun ID-karta yoki biometrik pasportni taqdim etishning o‘zi kifoya qiladi. Imtiyoz huquqi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshiriladi.



Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan imtiyozli avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Baraka” ijtimoiy karta mobil ilovasi orqali onlayn xarid qilish imkoniyati yaratiladi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan 48,4 mingdan ortiq fuqaro transport imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega. 2025-yilda ular ushbu xizmatlardan 1,7 million marta foydalangan.



Prezident taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, yangi xizmatlarni hududlarda sifatli yo‘lga qo‘yish va ularning ijrosini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"