Jahon

Qirg‘izistonda odam jasadini kuydirish taqiqlandi

Krematoriylardan faqat tibbiy biologik chiqindilarni yo‘q qilish maqsadida foydalanishga ruxsat etildi.

Qirg‘izistonda odam jasadini kuydirish taqiqlandi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Dafn etish va dafn ishlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni imzoladi. Mazkur hujjatga muvofiq, mamlakat hududida vafot etgan shaxslarning jasadini kuydirish (krematsiya) rasman taqiqlandi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, krematoriylardan faqat tibbiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan biologik materiallar — inson a’zolari va to‘qimalarini sanitariya maqsadida termik yo‘q qilish uchun foydalanishga ruxsat etiladi.

 

Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar bilan krematsiya, xokdonlar, kolumbariylar va motam devorlariga oid normalar bekor qilingan. Endilikda fuqarolar, shuningdek shaxsi aniqlanmagan marhumlar faqat qabristonlarda yerga dafn etilishi belgilangan.

 

Shuningdek, krematoriylardan abort qilingan hamda o‘lik tug‘ilgan homilalarni kuydirish uchun foydalanish ham taqiqlangan.

 

Yangi qonun rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"