O'zbekiston

Surxondaryoda qariyb 100 yillik 11 tup archa noqonuniy qo‘porildi

Daraxtlarni qo‘porish ishlari ekologiya xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay amalga oshirilgani bildirildi.

Surxondaryoda qariyb 100 yillik 11 tup archa noqonuniy qo‘porildi

 

Ekologiya milliy qo‘mitasi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sangardak mahallasidagi Uzun o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda daraxtlarni qo‘porish va ularga shikast yetkazish holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa yuzasidan Ekologiya milliy qo‘mitasi Ekopolitsiyasi, Bosh prokuratura, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda ekologiya hududiy boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ishlar hech qanday ruxsatnomasiz, ekologiya xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay amalga oshirilgan.

 

O‘rganishlar davomida daraxtlarga yetkazilgan ekologik zarar miqdori, qurilish ishlarining amaldagi ekologik qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda aybdor shaxslarning javobgarligi yuzasidan huquqiy baho beriladi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hududda qariyb 100 yillik 11 tup Zarafshon archasi qo‘porilgani aniqlangan.

 

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida qat’iy choralar ko‘rilishi, natijalar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"