O'zbekiston

Toshkentda fuqarolar uyidan majburiy chiqarilgani aytilmoqda

Toshkent prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkentda fuqarolar uyidan majburiy chiqarilgani aytilmoqda

 

Toshkent shahar prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan uyidan majburiy chiqarib yuborilgani haqidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar R. Payanov va boshqalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan uy-joydan majburiy ravishda chiqarib yuborilgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan.

 

Mazkur holat Toshkent shahar prokuraturasi hamda Toshkent shahar hokimligi vakillari tomonidan voqea joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida murojaat mualliflari va “MEGA LOGISTICS SERVICE” MCHJ vakillari ishtirok etgan hamda barcha tegishli shaxslardan arizalar qabul qilingan.

 

Qayd etilishicha, mazkur murojaat Toshkent shahar prokuraturasi nazoratiga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"