O'zbekiston

Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi

Jabrlanuvchi avtobus haydovchisi tomonidan tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga yetkazilgan.

Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi

 

“Toshshahartransxizmat” AJ 2 va 18-avtobus saroylariga qarashli avtobuslar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026-yil 2-avgust kuni soat 08:10 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan “Yutong” gaz rusumli avtobus haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida “Yulduz” bekatida to‘xtab turgan 85-sonli yo‘nalishdagi “Yutong” elektrobusining orqa qismiga urilgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida gaz avtobusidagi bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.

 

Jabrlanuvchi avtobus haydovchisi tomonidan tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga yetkazilgan. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga javob berilgan.

 

Hodisa oqibatida shikastlangan har ikki avtobusni qayta yo‘nalishga chiqarish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"