O'zbekiston

Toshkentda “keshbek” tizimi orqali 4,7 mlrd so‘mlik budjet mablag‘i talon-toroj qilindi

Mas’ullar kompyuter texnikasi orqali go‘yoki 76,2 milliard so‘mlik mahsulot realizatsiya qilingani haqida soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirgan.

Toshkentda “keshbek” tizimi orqali 4,7 mlrd so‘mlik budjet mablag‘i talon-toroj qilindi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda “G.M.” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan “Soliq Mobile” ilovasidagi “keshbek” tizimidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, mas’ullar kompyuter texnikasi yordamida go‘yoki 76,2 milliard so‘mlik mahsulot realizatsiya qilingani haqida soxta ma’lumotlar rasmiylashtirgan. Shuningdek, nazorat-kassa mashinalari orqali qalbaki xarid cheklari shakllantirilib, ular Telegram orqali 2 475 nafar Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqaroga 70–150 ming so‘mdan sotilgan.

 

Natijada “Soliq Mobile” ilovasi orqali 7,5 milliard so‘m keshbek hisoblangan, shundan 4,1 milliard so‘mi budjet mablag‘lari hisobidan noqonuniy to‘lab berilgani aniqlangan.

 

Shu bilan birga, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi va Soliq qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda “E.G.” hamda “I.F.” MCHJ mas’ullari o‘zaro til biriktirib, 10 milliard so‘mlik mahsulot realizatsiyasi yuzasidan soxta ma’lumotlar rasmiylashtirgani ma’lum bo‘ldi.

 

Ular qalbaki xarid cheklarining 1 812 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilishini ta’minlab, “Soliq Mobile” ilovasi orqali 1 milliard so‘m keshbek hisoblatgan, shundan 640,8 million so‘mi noqonuniy ravishda budjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"