O'zbekiston

Toshkentda noqonuniy uy buzilishi va qurilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tegishli ruxsatnomasiz 20, 19, 12 va 2 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan qurilgani aniqlandi.

Toshkentda noqonuniy uy buzilishi va qurilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Toshkent shahar prokuraturasi “New Port” turar joy majmuasi bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “New Port” turar joy majmuasi mansabdor shaxslari tomonidan Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 19-uyda yashovchi fuqarolarga kompensatsiya pullari to‘liq to‘lanmayotgani hamda uy noqonuniy buzilayotgani haqida videomurojaat tarqalgan.

 

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida “Mega Logistics Service” MCHJ mansabdor shaxslari ushbu manzildagi fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lishiga qaramay, uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagani aniqlangan.

 

Shuningdek, kompaniya tegishli ruxsatnoma olmasdan hududda bir dona 20 qavatli, ikki dona 19 qavatli, bir dona 12 qavatli hamda bir dona 2 qavatli turar joy binolarini o‘zboshimchalik bilan qurilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, “Mega Logistics Service” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan bo‘lib, yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.