Jahon

Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tdi — Tramp

AQSH prezidenti muzokaralar natijalari 48 soat ichida ma’lum bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tdi — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH va Eron vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarni ijobiy baholab, tomonlar o‘rtasidagi muloqot davomida sezilarli yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar samarali o‘tgan va ularning natijalari yaqin 48 soat ichida ma’lum bo‘lishi mumkin. Tramp Eron bilan kelishuvga erishish oqilona qaror bo‘lishini ta’kidlab, voqealar rivojini kuzatish zarurligini qayd etgan.

 

AQSH prezidenti, shuningdek, muzokaralarda Hormuz bo‘g‘ozi orqali xalqaro yuk tashuvlarini tiklash hamda Eronning yadroviy dasturiga oid masalalar muhokama qilinayotganini bildirgan. Uning aytishicha, birinchi bosqichda bo‘g‘oz faoliyatini tiklash, keyingi bosqichda esa Eronning yadroviy dasturiga oid masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

 

Ayni paytda Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSH bilan rasmiy muzokaralar olib borilayotganini rad etib, faqat Ummon vositachiligida Hormuz bo‘g‘ozida kemalar harakati xavfsizligi yuzasidan maslahatlashuvlar davom etayotganini ma’lum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tdi — Tramp | Zamon.uz