Jahon

Hamas qurolsizlantirilmaguncha Isroil G‘azoni tark etmaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri G‘azodagi Isroil harbiylari mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq olganini aytdi.

Hamas qurolsizlantirilmaguncha Isroil G‘azoni tark etmaydi — Netanyaxu

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Hamas harakati to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Isroil G‘azo sektoridagi harbiy pozitsiyalarini tark etmasligini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish masalasida qat’iy pozitsiyada qoladi. Shu bois, Hamas qurolsizlantirilmaguncha Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoridagi amaldagi harbiy chiziqlardan chekinmaydi.

 

Netanyaxu AQSH tomonidan G‘azoni qurolsizlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etilganini, biroq Isroil ayrim bandlar yuzasidan o‘z e’tiroz va takliflarini bildirganini qayd etgan.

 

Bosh vazirning ta’kidlashicha, G‘azo sektorida xizmat qilayotgan Isroil harbiylari mamlakat hududi va fuqarolarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq olgan.

 

Avvalroq Isroil rasmiylari Hamasning to‘liq qurolsizlantirilishi hamda G‘azo sektorining demilitarizatsiya qilinishi har qanday siyosiy jarayon va kelishuvning asosiy sharti ekanini ma’lum qilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.