O'zbekiston

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

Shuningdek, ular imtihonlarda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi materiallardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

 

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda milliy sertifikat olish imtihonlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, mazkur toifadagi talabgorlarga belgilangan imtihon vaqti me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt ajratiladi. Shuningdek, imtihon materiallaridan Brayl alifbosi, audio va elektron formatlarda foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Qarorga asosan, 2026/2027-o‘quv yilidan alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish individual ta’lim rejalari asosida tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentabrdan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga ushbu sinflarda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida BHMning 11 baravari, viloyatlar markazlari va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari, boshqa tuman va shaharlarda esa BHMning 8,5 baravari miqdorida subsidiya to‘lanadi. 2027-yil 1-maydan esa alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni vaucher asosida zamonaviy assistiv (yordamchi) vositalar bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi | Zamon.uz