O'zbekiston

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududlarni almashishning amaliy bosqichini boshladi

Aholini ro‘yxatga olish ishlari yakunlangach, ularga Qirg‘iziston fuqaroligini berish bo‘yicha belgilangan tartiblar boshlanadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududlarni almashishning amaliy bosqichini boshladi

 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish hamda yer uchastkalarini almashish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida Chon-Gara va Tosh-Dobo qishloqlarini topshirish yuzasidan tashkiliy va texnik ishlarni boshladi.

 

24.kg nashrining ma’lum qilishicha, ushbu jarayon ilgari Farg‘ona viloyati tarkibida bo‘lgan Chon-Gara va Tosh-Dobo qishloqlarini rasmiy topshirish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

 

24-iyul kuni Qadamjoy tumanida ikki davlat qo‘shma ishchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, hudud aholisi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy masalalar hamda boshqa tashkiliy jarayonlar muhokama qilingan.

 

3-avgustdan boshlab qo‘shma ishchi guruhlar bevosita qishloqlarda ish boshlagan. Mutaxassislar aholini ro‘yxatga olish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda keyingi tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

 

Qirg‘iziston delegatsiyasiga Prezidentning Botken viloyatidagi vakolatli vakili birinchi o‘rinbosari Baktibek Toksonbayev, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va shaxsiylashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Behzod Sayfullayev rahbarlik qilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chon-Gara va Tosh-Dobo qishloqlarida qariyb 2,5 ming kishi istiqomat qiladi. Aholini ro‘yxatga olish ishlari yakunlangach, ularga Qirg‘iziston fuqaroligini berish bo‘yicha belgilangan tartiblar boshlanadi.

 

Kelishuvga muvofiq, Qirg‘iziston O‘zbekistonga teng maydondagi yer uchastkalarini taqdim etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududlarni almashishning amaliy bosqichini boshladi | Zamon.uz