O'zbekiston

O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova vafot etdi

Shoira jurnalistika, adabiyot va davlat boshqaruvi tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova vafot etdi

 

O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli adiba va jamoat arbobi Sharifa Salimova 5-avgust kuni 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Sharifa Salimova 1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagach, O‘zbekiston televideniyesi va radio tizimida, shuningdek, “Saodat” jurnali hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida faoliyat yuritgan.

 

Faoliyati davomida Prezident devoni, Oliy Majlis tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan, deputat sifatida ham samarali faoliyat olib borgan.

 

Shoiraning “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr bulog‘i”, “Tongga qasam” kabi asarlari o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan. Uning qator she’rlari xonanda Yulduz Usmonova ijrosida qo‘shiq sifatida ham keng ommalashgan.

 

Sharifa Salimova 1994-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni, 2018-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-may kuni esa unga “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni berilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, marhumaning janoza namozi asr namozidan so‘ng Chig‘atoy masjidida o‘qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.