O'zbekiston

O‘zbekistonda 2028-yilgacha go‘sht va sut ishlab chiqarish sezilarli oshiriladi

Yangi loyihalar hisobiga qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish va zamonaviy "Smart Fermer" tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda 2028-yilgacha go‘sht va sut ishlab chiqarish sezilarli oshiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, mamlakatda go‘shtga bo‘lgan yillik talab 2 million 150 ming tonnani tashkil etayotgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1 million 600 ming tonnani tashkil etmoqda. Shu bois 2026–2028-yillarda ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan kompleks choralar ishlab chiqilgan.

 

Rejaga ko‘ra, faoliyati to‘xtagan 103 ta chorvachilik korxonasi tiklanadi, 13 ta chorvachilikka ixtisoslashgan tuman qo‘llab-quvvatlanadi hamda aholi xonadonlarida 11 mingta yengil konstruksiyali molxona barpo etiladi. Shuningdek, umumiy qiymati 3 trillion so‘mlik 802 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 20 ming tonna go‘sht va 120 ming tonna sut ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Taqdimotda Qoraqalpog‘istondagi chorvachilik komplekslari faoliyati sun’iy intellekt asosida tahlil qilinib, ularni sog‘lomlashtirish, qarz yukini kamaytirish va naslli chorva bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yevropa davlatlari va Belarusdan naslli qo‘y hamda qoramollar olib kelish, buning hisobiga yiliga qo‘shimcha 44 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Umuman, chorvachilikni rivojlantirish uchun 463 million dollar, parrandachilik loyihalari uchun esa 432 million dollar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Aholi xonadonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida arzon chorva mollari yetkazib berish, sun’iy urug‘lantirish, yem-xashak ta’minoti, zooveterinariya xizmatlarini kengaytirish va nasldor buzoqlar uchun subsidiya ajratish taklif etildi.

 

Taqdimotda "Smart Fermer" yagona raqamli yordamchisi ham namoyish etildi. Mobil ilova orqali chorva mollarini identifikatsiya qilish, veterinar chaqirish, sun’iy urug‘lantirish, subsidiya olish hamda sun’iy intellekt asosida maslahat olish imkoniyati yaratiladi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston chorvadorlar uyushmasini tashkil etish taklifi ko‘rib chiqildi. Yangi tuzilma chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, ilmiy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport imkoniyatlarini kengaytirish bilan shug‘ullanadi.

 

Yig‘ilish yakunida Prezident loyihalarning iqtisodiy samaradorligini chuqur tahlil qilish, mablag‘larni manzilli yo‘naltirish, raqamli monitoringni kuchaytirish hamda ichki bozorni sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.