O'zbekiston

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, Istanbulning gavjum sayyohlik maskanlarida pasport, pul va qo‘l sumkalarini o‘g‘irlash holatlari ko‘paygan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi

 

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga tashrif buyurayotgan fuqarolarni hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda Istanbulning sayyohlar gavjum bo‘ladigan hududlarida, xususan Sulton Ahmad va Aya Sofiya atrofida qo‘l sumkalari, pasport, naqd pul hamda boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlash holatlari ko‘paygan.

 

Kuzatuv kameralari tasvirlari va o‘rganishlarga ko‘ra, ayrim holatlarda o‘g‘riliklar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda. Ularning yoshi sababli qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni qo‘llash muayyan vaqt talab qilishi qayd etilgan.

 

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona fuqarolarga qo‘l sumkasini doimo nazoratda saqlash, pasport va pulni bir joyda olib yurmaslik, gavjum maskanlarda hushyor bo‘lish hamda zarurat bo‘lmasa, katta miqdordagi naqd pul olib yurmaslikni tavsiya etdi.

 

Shuningdek, o‘g‘rilik holatiga duch kelgan fuqarolarga zudlik bilan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilish va O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasini xabardor qilish tavsiya etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi | Zamon.uz