Jahon

Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Kiyev viloyatidagi hujumlarda Brovari, Bucha va Fastiv tumanlari eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar sifatida qayd etildi.

Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

 

Rossiya armiyasi tomonidan Kiyev shahri va Kiyev viloyatiga ballistik raketalar hamda dronlar yordamida amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi esa turli darajada tan jarohati oldi.

 

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev viloyatida 14 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Eng ko‘p qurbon Brovari tumanida qayd etilib, u yerda 9 kishi vafot etgan. Bucha tumanida 4 nafar, Fastiv tumanida esa 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

 

Viloyatda 22 kishi jarohat olgan bo‘lib, Brovari tumanida 12 nafar, Bucha tumanida 7 nafar va Fastiv tumanida 3 nafar fuqaro tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

 

Kiyev shahrining Golosevskiy, Obolonskiy, Desnyanskiy va Svyatoshinskiy tumanlarida ham zarbalar oqibatlari qayd etildi. Turar joy binolari, omborxonalar, logistika markazlari va boshqa fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rdi, bir nechta yirik yong‘inlar yuzaga keldi.

 

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga yuzlab qutqaruvchilar va maxsus texnikalar jalb qilingan. Jarohatlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz