O'zbekiston

Surxondaryoda 11 yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ayol 3,5 yilga qamaldi

Ayol o‘g‘lini 40 million so‘mga berishga kelishgan va 20 million so‘mni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Surxondaryoda 11 yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ayol 3,5 yilga qamaldi

 

Surxondaryo viloyatida 11 yoshli o‘g‘lini 40 million so‘m evaziga sotishga uringan ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayblanuvchi o‘ziga tanish ayol bilan 2014-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 40 million so‘mga berishga kelishgan. Tomonlar mablag‘ning 20 million so‘mi oldindan, qolgan qismi esa bola xaridor nomiga rasmiylashtirilgach to‘lanishiga kelishib olgan.

 

2026-yil 4-aprel kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol oldindan kelishilgan 20 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Sud jarayonida ayol qilmishini og‘ir moddiy ahvoli, qarzlari, uy-joyi yo‘qligi va oilaviy muammolar bilan izohlab, aybiga iqror bo‘lgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, bolani olishi kerak bo‘lgan ayol ushbu taklif noqonuniy ekanini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir tashkil etilgan.

 

Sud ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "b" bandi (odam savdosi) bilan aybli deb topib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llangan holda 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

 

Shuningdek, bolaning vasiyligini belgilash masalasi vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.