O'zbekiston

Toshkent viloyatida bolasining tagligiga oltin yashirib olib o‘tishga uringan ayol ushlandi

Yana bir holatda chet ellik ayol 14 yoshli qizining kiyimlari ostiga 40 ming dollarni yashirib, mamlakatdan olib chiqishga uringan.

Toshkent viloyatida bolasining tagligiga oltin yashirib olib o‘tishga uringan ayol ushlandi

 

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida bolalardan foydalanilgan holda oltin va xorijiy valyutani noqonuniy olib o‘tishga urinishlarning oldi olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mamlakatdan chiqib ketayotgan ayollardan biri go‘dak farzandining tagligiga yashirilgan qariyb 200 gramm og‘irlikdagi 2 dona oltin quymani olib chiqishga uringan. Shuningdek, uning yonidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 70 gramm zargarlik buyumlari ham aniqlangan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy olib chiqishga uringan oltin buyumlarning umumiy qiymati 450 million so‘mni tashkil etadi.

 

Yana bir holatda esa qo‘shni davlat fuqarosi bo‘lgan ayol 14 yoshli qizining kiyimlari ostiga 40 ming AQSH dollarini yashirib, uni O‘zbekistondan olib chiqishga uringan vaqtida bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

 

Bojxona qo‘mitasi voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklarga jalb qilish ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanishini, jinoyat sodir etishga jalb etish esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida bolasining tagligiga oltin yashirib olib o‘tishga uringan ayol ushlandi | Zamon.uz