O'zbekiston

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi, 26 kishi evakuatsiya qilindi

Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan qariyb 1,5 soatda o‘chirilgan.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi, 26 kishi evakuatsiya qilindi

 

Bugun, 5-avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 6-kirish yo‘lagidagi elektr qutisida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida xabar soat 02:19 da kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 02:25 da yetib borib, yong‘in soat 03:58 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Yong‘in oqibatida kirish yo‘lagidagi taxminan 60 pogonometr elektr kabellari yonib zararlangan. Qutqaruvchilar tomonidan ko‘p qavatli uydan 26 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi, 26 kishi evakuatsiya qilindi | Zamon.uz