O'zbekiston

Toshkentdagi kotlovan o‘pirilgan hududda o‘nlab daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Mazkur qurilish maydonida noqonuniy kesilgan daraxtlar oqibatida tabiatga 605 million so‘m, keyingi holatda esa yana 218,3 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.

Toshkentdagi kotlovan o‘pirilgan hududda o‘nlab daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

 

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 9 qavatli uy yonida mehmonxona qurilishi olib borilayotgan hududda ekologiya qonunchiligi talablari bir necha bor buzilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Beruniy ko‘chasidagi sobiq “Karvonbank” binosi o‘rnida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari oqibatida daraxtlar noqonuniy kesilayotgani va ularga zarar yetkazilayotgani yuzasidan murojaatlar tarqalgan. O‘rganishlar davomida ushbu qurilish obyektida ekologik qonunchilik talablari avval ham bir necha bor buzilgani aniqlangan.

 

Xususan, 2025-yil aprel oyida hududdagi 2 tup chinor belgilangan tartibdagi ruxsatnomasiz boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilgani uchun sud qarori bilan huquqbuzarga 24,7 million so‘m jarima hamda 6,6 million so‘m ekologik zarar undirilgan.

 

Shuningdek, oradan bir hafta o‘tib, yana 14 tup chinor noqonuniy ko‘chirilishi oqibatida shikastlangani aniqlanib, sud qarori bilan 9,3 million so‘m jarima va 42 million so‘m miqdorida zarar undirilgan.

 

2025-yil dekabr oyida esa mazkur qurilish maydonida 6 tup chinor, 3 tup archa va 1 tup sofora noqonuniy kesilgani oqibatida tabiatga 605 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. Sud tomonidan zarar summasini undirish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa-da, ushbu mablag‘ hozirgacha qoplanmagani sababli hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 13-iyul kuni o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida yana 3 tup chinor tag qismidan noqonuniy kesilgani aniqlanib, huquqbuzarga nisbatan 10,3 million so‘m jarima qo‘llash hamda 218,3 million so‘m ekologik zarar undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgan.

 

Qayd etilishicha, 2024-yilda mazkur hudud xatlovdan o‘tkazilganda jami 46 tup daraxt mavjudligi qayd etilgan. Shuningdek, ekologik talablar buzilgani va fuqarolarning murojaatlari asosida qurilish uchun berilgan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini bekor qilish yuzasidan ham tegishli murojaat yuborilgan.

 

Ekologiya boshqarmasi mazkur qurilish obyektida ilgari ham bir necha bor ma’muriy choralar qo‘llanilgani, sud qarorlari chiqarilgani va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hujjatlar yuborilganiga qaramay, ekologik qonunbuzarliklar takrorlangani qayd etildi.

 

Hozirda holat yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi kotlovan o‘pirilgan hududda o‘nlab daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi | Zamon.uz