Jahon

Infantino uzr so‘radi

FIFA Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga sotish bo‘yicha bekor qilingan tashabbus yuzasidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni tan olgan.

Infantino uzr so‘radi

 

FIFA Marokashda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilish yakunida Jahon chempionati tijorat huquqlarining 20 foizini 4,2 milliard dollarga xususiy investorlarga sotish bo‘yicha bekor qilingan tashabbus sabab tashkilot a'zolaridan rasman uzr so‘radi. Bayonotda loyiha tayyorlanishi va muhokama qilinishi jarayonida milliy futbol assotsiatsiyalari yetarli darajada jalb etilmagani tan olingan. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Yig‘ilishda FIFA prezidenti Janni Infantino, bosh kotib Mattias Grafstryom, operatsion direktor Kevin Lamur hamda tashkilotning boshqa yuqori martabali rahbarlari ishtirok etgan. Rahbariyat tijorat huquqlarini sotish tashabbusi yuzasidan yuzaga kelgan noroziliklarni muhokama qilib, kelgusida shunday muhim qarorlar yanada shaffof tartibda qabul qilinishini bildirgan.


 
FIFA bayonotida tashkilot rahbariyati Infantinoni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgani ham ta'kidlagan. Shu bilan birga, bosh kotib Mattias Grafstryom va operatsion direktor Kevin Lamur loyiha amalga oshirilish usuli ko‘ngildagidek bo‘lmaganini tan olib, bu jarayon tashkilot ichida ham norozilik uyg‘otganini qayd etgan.


 
Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini sotish rejasi UEFA, CONCACAF, Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda Yevropaning qator klublari tomonidan keskin tanqid qilingan edi. Mojaro ortidan ayrim futbol amaldorlari Janni Infantinoning iste'fosini talab qilgan. Biroq, FIFA prezidenti Afrika, Osiyo va Okeaniyadagi ko‘plab milliy assotsiatsiyalar qo‘llovini saqlab qolmoqda. Hozircha 2027-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovida unga qarshi yagona kuchli nomzod ham topilmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Infantino uzr so‘radi | Zamon.uz