Jahon

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olmoqda —yangi holatlarning asosiy qismi noma’lum manbalardan

Kasallanganlar soni 3 874 nafarga, qurbonlar soni esa 1 751 nafarga yetdi.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olmoqda —yangi holatlarning asosiy qismi noma’lum manbalardan

 

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. Mamlakatda tasdiqlangan kasallanish holatlari soni qariyb 4 ming nafarga yetdi.

 

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga asosan, epidemiya boshlanganidan buyon 3 874 ta Ebola holati qayd etilgan. Ulardan 1 751 nafari vafot etgan.

 

Rasmiylarning ta’kidlashicha, yangi aniqlanayotgan holatlarning 60–80 foizi avval ma’lum bo‘lgan yuqish zanjirlari bilan bog‘liq emas. Bu esa virusning nazoratdan tashqari tarqalayotganini ko‘rsatmoqda.

 

Kasallik Bundibugyo virusi sabab yuzaga kelgan bo‘lib, ayni paytda unga qarshi tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas.

 

Epidemiyaning asosiy o‘chog‘i hisoblangan Ituri provinsiyasi barcha kasallanish holatlarining qariyb 90 foizini tashkil etmoqda. Shuningdek, hududdagi qurolli mojarolar sabab ayrim aholi punktlariga tibbiy yordam yetkazish qiyinlashayotgani qayd etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olmoqda —yangi holatlarning asosiy qismi noma’lum manbalardan | Zamon.uz