O'zbekiston

"Mikrobiznesdan yirik loyihalarga": Biznesni rivojlantirish banki tadbirkorlar bilan uchrashdi

Yangiyo‘lda Biznesni rivojlantirish banki hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlikni moliyalashtirish, imtiyozli kreditlar, davlat dasturlari va biznesni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, tadbirkorlarning murojaatlariga amaliy yechimlar ishlab chiqildi.

"Mikrobiznesdan yirik loyihalarga": Biznesni rivojlantirish banki tadbirkorlar bilan uchrashdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Xalqobod” mahallasida “Mikrobiznesdan yirik loyihalarga: mahalladagi tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Biznesni rivojlantirish banki, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi va Yangiyo‘l tumani hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

 

     

 

Unda Biznesni rivojlantirish banki va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi mutasaddilari, Yangiyo‘l tumani hokimligi vakillari, bank mutaxassislari, mahalliy tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

  

 

     

 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni bevosita tinglash hamda ularga amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

 

     

 

Tadbir avvalida ishtirokchilarga Biznesni rivojlantirish banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid axborot materiallari tarqatildi.

 

     

 

Davra suhbati davomida tadbirkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlari, imtiyozli kredit mahsulotlari, davlat dasturlari, mahallabay ishlash tizimi hamda hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish masalalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

 

     

 

Ochiq muloqot formatida tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlar kredit ajratish tartibi, garov ta’minoti, ruxsatnomalar olish, biznes faoliyatini kengaytirish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni mutaxassislarga yo‘llab, batafsil javob oldilar. Qator murojaatlar yuzasidan amaliy yechimlar belgilandi.

 

     

 

Tadbir yakunida tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash hamda bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

     

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.