Jahon

Netanyaxu bilan ayrim masalalarda kelishmovchiliklar bor — Vens

AQSh vitse-prezidenti Isroil bilan ittifoqchilik saqlanayotganini, biroq ayrim siyosiy masalalarda Netanyaxu bilan qarashlar turlicha ekanini aytdi.

Netanyaxu bilan ayrim masalalarda kelishmovchiliklar bor — Vens

 

AQSh vitse-prezidenti J. D. Vens Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan ayrim masalalarda fikrlar tafovuti mavjudligini tan oldi.

 

Fox News telekanaliga bergan intervyusida Vens AQSh va Isroil yaqin ittifoqchi davlatlar bo‘lsa-da, ayrim masalalarda qarashlar turlicha bo‘lishi tabiiy ekanini ta'kidlagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh manfaatlari Isroil manfaatlari bilan mos kelgan holatlarda ikki tomon umumiy maqsadlarga erishish yo‘llarini muhokama qiladi. Qarashlar bir-biridan farq qilgan vaziyatlarda esa bu masalalar ochiq va halol tarzda muhokama qilinadi.

 

Vens AQSh vitse-prezidenti sifatidagi asosiy vazifasi mamlakat manfaatlarini himoya qilish ekanini qayd etgan.. Shuningdek, u Eron bilan bog‘liq vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etishga intilayotganini bildirib, bu jarayonda ba'zan oldinga siljish va ortga chekinishlar kuzatilishini ta'kidlagan.

 

Axios nashri avvalroq J. D. Vens va Benyamin Netanyaxu o‘rtasida Eron masalasi hamda diplomatik yondashuv bo‘yicha kelishmovchiliklar shaxsiy darajagacha yetgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Netanyaxu Vensning Isroil hukumati faoliyati va Eron bilan bog‘liq siyosat yuzasidan bildirgan tanqidlaridan norozi bo‘lgan.

 

Biroq Vens so‘nggi suhbat chog‘ida Netanyaxu tomonidan unga nisbatan hech qanday bosim yoki keskin munosabat bo‘lmaganini ham alohida ta'kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.