O'zbekiston

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi

Pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchun haydovchilar operator bilan ommaviy shartnoma tuzadi.

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi

 

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishni tashkil etish tartibi qonun bilan belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qonunga muvofiq, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari yo‘l egalari tomonidan, zaruratga ko‘ra ixtisoslashgan yo‘l tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.

 

Qonunga ko‘ra, pulli avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Prezidenti yoki o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

 

Bunda pulli yo‘l tashkil etish faqat rejalashtirilayotgan yo‘l bilan bog‘liq hududlar o‘rtasida foydalanish uchun qulay va talab darajasidagi muqobil bepul avtomobil yo‘li mavjud bo‘lishi sharti bilan amalga oshiriladi.

 

Foydalanuvchilar pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun operator bilan ommaviy shartnomani quyidagi usullardan biri orqali tuzadi:

  • pulli avtomobil yo‘liga kirish;

  • harakatlanish uchun to‘lovni to‘lov punktida amalga oshirish;

  • yo‘l talonini xarid qilish.

 

Qonunda qayd etilishicha, pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchun to‘lov transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishi hamda butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis xizmatlarini ta’minlash sharti bilan joriy etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi | Zamon.uz