Jahon

Pokistonning sobiq vaziri pedofiliyada gumonlanmoqda — The Guardian

Ruxsar Ahmad Buyuk Britaniyada 1990-yillardagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Pokistonning sobiq vaziri pedofiliyada gumonlanmoqda — The Guardian

 

Pokistonning Azad Kashmir hududi sobiq vaziri Ruxsar Ahmad Buyuk Britaniyada 1990-yillarda Manchester shahrida bolalarga nisbatan sodir etilgani aytilayotgan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan tergov qilinmoqda. Bu haqda The Guardian nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 62 yoshli Ruxsar Ahmad 2024-yil 18-iyul kuni Manchester aeroportida qo‘lga olingan. U uzoq yillar yashagan Rusholme hududida 1990-yillarning boshlarida bolalar uylarida tarbiyalangan qizlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan so‘roq qilingan.

 

Tergov kamida ikki nafar ayolning bolalik davrida zo‘rlangani va odam savdosiga jalb etilgani haqidagi ko‘rsatmalariga asoslanmoqda. Hodisalar sodir bo‘lgan paytda Ruxsar Ahmad taxminan 30 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.

 

Buyuk Manchester politsiyasi siyosatchining mamlakatni tark etishini cheklashni so‘ragan. Biroq sud 2024-yil iyul oyida garov shartlarini kuchaytirish haqidagi iltimosnomani rad etgan. Hozirda Ahmad garov evaziga ozodlikda bo‘lib, politsiya nazorati ostida qolmoqda.

 

Shunga qaramay, o‘tgan hafta u Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif partiyasi nomidan Azad Jammu va Kashmir qonunchilik assambleyasi deputatligiga saylangan.

 

Nashrning yozishicha, Ruxsar Ahmad o‘tgan oy Manchester politsiyasiga kelishi kerak edi. Biroq u sog‘lig‘i sabab Buyuk Britaniyaga ucha olmasligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda uning Pokistonning Mirpur shahridagi saylovoldi tadbirlarida ishtirok etayotgani aks etgan suratlar tarqalgan.

 

Ma’lum qilinishicha, siyosatchi yaqin olti hafta ichida Manchester politsiyasiga kelishi kerak. Aks holda, unga nisbatan hibsga olish orderi chiqarilishi yoki ekstraditsiya jarayoni boshlanishi mumkin. The Guardian qayd etishicha, bu holat Buyuk Britaniya va Pokiston o‘rtasida diplomatik masalaga aylanishi ehtimolini ham yuzaga keltirishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Pokistonning sobiq vaziri pedofiliyada gumonlanmoqda — The Guardian | Zamon.uz