O'zbekiston

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi rahbari 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkentda esa o‘qishga kiritib qo'yish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs qo'lga tushdi.

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi rahbari 5 ming dollar pora bilan ushlandi

 

Samarqand viloyati va Toshkent shahrida korrupsiya hamda firibgarlik bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Elektr ta’minoti korxonasi rahbari mahalliy tadbirkorga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish oqibatida davlatga yetkazilgan 393 million so‘mlik zarar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortmaslik hamda zarar miqdorini kamaytirib, ma’muriy tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

U joriy yil iyul oyida ushbu mablag‘ning 4 ming dollarini olgan, qolgan 1 ming dollarni esa uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Qayd etilishicha, mazkur mansabdor avval ham sudlangan bo‘lishiga qaramay, yana noqonuniy harakat sodir etgan.

 

Yana bir holatda Toshkent shahrida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan shaxs o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida u oldindan 13 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.