Jahon

Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketa uchirdi

Janubiy Koreya va Yaponiya harbiylari sinovni qayd etib, vaziyatni kuzatishni kuchaytirdi.

Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketa uchirdi


 
Shimoliy Koreya 6-avgust kuni sharqiy qirg‘oqdagi Vonsan hududidan qisqa masofali ballistik raketa uchirdi. Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raketa Yapon dengizi tomonga uchirilganini ma'lum qildi. Bu haqda Apnews xabar berdi.


 
Raketaning aniq uchish masofasi va texnik tavsiflari hozircha oshkor etilmagan. Janubiy Koreya harbiylari AQSH va Yaponiya bilan birgalikda raketa parvoziga oid ma'lumotlarni tahlil qilmoqda hamda kuzatuv va jangovar shaylik darajasini kuchaytirgan. Yaponiya Mudofaa vazirligi ham raketa mamlakat hududi yoki uning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga tushmaganini tasdiqladi.


 
Shimoliy Koreya so‘nggi yillarda turli turdagi ballistik raketalar, qanotli raketalar, gipertovushli qurol tizimlari hamda suvosti kemalaridan uchiriladigan raketalarni muntazam sinovdan o‘tkazib kelmoqda. Pxenyan bu dasturlarni mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash zarurati bilan izohlab keladi. Mamlakat rahbari Kim Chen In yadroviy va raketa salohiyatini yanada kuchaytirishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.


 
AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya esa bunday raketa uchirishlarini BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga zid deb hisoblaydi. Shu sababli uch davlat harbiy va razvedka sohasidagi hamkorlikni kengaytirib, Koreya yarimorolida havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda raketalarni erta aniqlash imkoniyatlarini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.