Jahon

Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtirokini kengaytirmoqda

Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan ballistik raketa bo‘linmalarini ham Rossiya hududiga yuborishni boshlagan.

Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtirokini kengaytirmoqda


 
Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik so‘nggi ikki yil ichida sezilarli darajada kengaydi. G‘arb va Janubiy Koreya razvedka xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, 2024-yil kuzidan boshlab Shimoliy Koreya Rossiyaga 14 mingga yaqin harbiy xizmatchi yuborgan. Ular asosan Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iyul oyida Rossiya yana 30 ming nafargacha shimoliy koreyalik harbiyni urushga jalb etishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. Janubiy Koreya razvedkasi ham Pxenyan qo‘shimcha kuchlar yuborishga tayyorlanayotganini bildirgan.


 
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya ilk bor ballistik raketa bo‘linmasini ham Rossiya hududiga yuborishni boshlagan. Ukraina harbiy razvedkasi bu bo‘linma oltita raketa uchirgichi va 120 tagacha ballistik raketa bilan jihozlanishi mumkinligini ma'lum qilgan. Bo‘linma Rossiyaning g‘arbiy qismida joylashtirilishi va Ukrainaga qarshi zarbalarda ishtirok etishi kutilmoqda.


 
Shimoliy Koreya urush davomida Rossiyani katta miqdorda artilleriya snaryadlari, raketalar va boshqa qurol-aslahalar bilan ham ta'minlab kelmoqda. G‘arb davlatlari va Ukraina rasmiylari bu yordam Rossiyaga uzoq davom etayotgan urushda qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish imkonini berayotganini ta'kidlaydi.


 
Ma’lumot uchun, Moskva va Pxenyan 2024-yilda o‘zaro mudofaa to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan. Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik yanada chuqurlashdi. Rossiya 2025-yilda Shimoliy Koreya harbiylari Kursk viloyatidagi janglarda qatnashganini rasman tasdiqlagan bo‘lsa, Pxenyan ham bu ishtirokni o‘zaro mudofaa majburiyatlari doirasidagi harakat sifatida baholagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.