O'zbekiston

Tojikistonda hijobga qarshi navbatdagi “reyd”lar boshlandi

Rasmiylar tadbirni milliy qadriyatlarni asrash zarurati bilan izohlagan.

Tojikistonda hijobga qarshi navbatdagi “reyd”lar boshlandi


 
Tojikistonning Panjakent shahrida mahalliy hokimiyat va militsiya xodimlari o‘zlari “begona kiyim” deb atayotgan liboslarga qarshi navbatdagi tushuntirish tadbirlarini o‘tkazdi. 4-avgust kuni hukmron Xalq demokratik partiyasining Panjakent bo‘limi e'lon qilgan fotosuratlarga ko‘ra, uchrashuvlar asosan hijob kiygan ayollar va qizlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan.


 
Rasmiylarning bildirishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsad “begona madaniyat kirib kelishining oldini olish”, milliy o‘zlikni mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarni asrashdan iborat. Biroq tadbirda necha kishi qatnashgani, ayollarga qanday tavsiyalar yoki talablar bildirilgani haqida ma'lumot berilmagan.


 
Radio Ozodi ma'lumotiga ko‘ra, hokimiyat vakillari bilan suhbatlashgan ayrim hijobli ayollar voqea tafsilotlarini oshkor qilishni istamagan. Ular bu ish joyi yoki shaxsiy hayotida muammolar keltirib chiqarishidan xavotir bildirgan.


 
Qayd etilishicha, joriy yil may oyida ham Rudakiy tumanida “Qishloqdan qishloqqa” nomli shunga o‘xshash targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan. Muxolifat vakillarining ta'kidlashicha, bu uchrashuvlar “ixtiyoriy tushuntirish ishlari” sifatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, hijob kiygan ayollar tuman hokimiyati binosiga chaqirilgan.


 
Ma’lumot uchun, 2024-yil iyun oyidan boshlab Tojikistonda “milliy madaniyatga yot” deb baholangan kiyimlarni olib kirish, sotish, reklama qilish va kiyish taqiqlangan. Biroq amaldagi qonunchilikda “begona kiyim” tushunchasiga aniq ta'rif berilmagan. Shu bilan birga, amaliyotda rasmiylar ushbu atama ostida asosan islomiy kiyinish uslubi, xususan hijobni nazarda tutayotgani qayd etib kelinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.